Davaktiv agentligi jamoasi Sizlarni nafosat va go‘zalik bayrami 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etadi!
Siz haqingizda so‘z borar ekan, ayol – mehribon ona, oila bekasi, millat tarbiyachisi, davlat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida faol xizmat qiluvchi zot sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanasiz.
Ushbu nafosat ayyomida Sizlarga bahoriy kayfiyat, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va ishlaringizda zafarlar tilaymiz!
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin aziz ayollar!

