2026 yil 8 sentyabr kuni soat 16:00 da Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasida "Mahalliy budjet daromadlari va mablag'lardan samarali foydalanish" mavzusida brifing bo'lib o'tdi.
Brifing davomida mahalliy budjet daromadlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi, ularning shakllanish manbalari va joriy holati yoritildi. Shuningdek, mavjud mablag'lardan oqilona va samarali foydalanish borasidagi masalalar muhokama qilindi, ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va oldinda turgan vazifalar bo'yicha fikr almashildi.
Brifing so'ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

