Davlat aktivlarini boshqarish agentligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi PQ-81-son Qarori hamda 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, “Korrupsiya va uning oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi. O‘quv seminarda Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi va qolgan viloyat boshqarmalari masofaviy video aloqa vositalari orqali ishtirok etishdi

Seminarda, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, bartaraf etish choralari va oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Korrupsiya tobora o‘sib borayotgan sohalarni raqamlashtirish dolzarbligi ta’kidlab o‘tildi.



