Yangiliklar

09 Iyul 2024

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

- tegishli mutahassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

- mos sohada, kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lish;

- rahbarlik lavozimida kamida ikki yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;

- qonunchilik, biznesni boshqaruv tizimidagi me’yoriy-xuquqiy xujjatlar

va xalqaro talablarning bilishi;

Jamiyatning joriy faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida boshqarish, uning samarali va barqaror ishlashini ta’minlash, jamiyatning barcha tarkibiy bo‘linmalari va uning xodimlarining ishini va samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan, ammo jamiyatning biznes-reja parametrlaridan past bo‘lmagan miqdorda foyda olishni ta’minlash, jamiyatning biznes-rejalari va rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishni boshqarish, ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilishni bilishi hamda sudlanmagan bo‘lishi shart.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi xujjatilarni taqdim qilish zarur:

 - o‘z qo‘li bilan yozilgan ariza;

 - tarjimai xol (batafsil ko‘rsatilsin);

 - kasbiy ma’lumotni, ish staji va malakasini tasdqlovchi xujjatlar, sertifikatlar;

 - mexnat daftarchasi nusxasi;

 - aloqa uchun ma’lumotlar;

 - fotosurat 3x4 – 4 dona.

Tanlov xujjatlarini topshirishlarining oxirgi muddati – 2024-yilning 25-iyul sanasi soat 18-00 ga qadar.

Tanlov o‘tkazish muddati - tanlov takliflari qabuli yakunlangandan so ‘ng 5 ish kuni davomida davomida o‘tkaziladi.

Tanlov takliflari va xujjatlar muxrlangan konvertlarda va konvertning ustki qismida tanlovda ishtirok etuvchi nomzodning tanlovda ishtirok etish uchun arizasi ilova qilingan holda taqdim qilinadi.

Xujjatlar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: Guliston shahar 3-mavze Oʼzbekiston shox koʼchasi 3-uy.

        Ma’lumotlar uchun aloqalar: tel:  (67) 226-53-05

Belgilangan muddatlardan keyin yuborilgan takliflar tanlovda ishtirok etmaydi.

 

 

57 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech