Joriy yilning 26 may kuni soat 10:00 da Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Guliston shahar, Zarbdor mahallasi, "Yoshlar markazi" binosida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari bo'yicha "Roadshow" taqdimoti o‘tkaziladi.
Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!
Ma'lumot uchun:
+998 (67) 226-53-15,
+998 (67) 226-53-11
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi.

