Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

15 Ноябрь 2024

14-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

790 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 133,8 mlrd so'm bo'lgan 406 ta lot 191,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

 davlat aktivlari:

- soni 5 ta
- boshlang'ich narxi 12,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 21 mlrd so‘m

Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 10,6 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino-inshoot 17,4 mlrd so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11625870)

 davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:

- soni 5 ta
- boshlang'ich narxi 8,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 9,4 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan "Biznesni rivojlantirish banki" ATB balansidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi 1,9 mlrd so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11891185)

 davlat mulkini ijaraga berish:

- soni 35 ta
- boshlang'ich narxi 270,6 mln so‘m
- sotilgan narxi 859 mln so‘m

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 50,3 mln so‘m bo‘lgan Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi balnasidagi inshoot qismi 221,4 mln so‘mga ijaraga berildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11884457)

 yer uchastkalari:

- soni 179 ta
- boshlang'ich narxi 95,5 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 142,8 mlrd so‘m
- yer maydoni 19,6 ga

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidan boshlang‘ich narxi 40,3 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 54,5 mlrd so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11868452)

 qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

- soni 46 ta
- boshlang'ich narx 318 mln so'm
- sotilgan narx 581 mln so'm
- yer maydoni 117,8 ga

 sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

- soni 54 ta
- boshlang'ich narxi 8,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 9,5 mlrd so‘m

Toshkent shahar Uchtepa tumanidan boshlang'ich narxi 600 mln so‘m bo'lgan ko‘p qavatli turar-joy binosida joylashgan xonadon 742 mln so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11657733)

O'tkazilgan savdolarda 1 241 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 16,1 trln so'm bo'lgan 146 884 ta lot savdoga qo'yilgan.

13 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech