615 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 72,4 mlrd so'm bo'lgan 367 ta lot 89,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 8,5 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 8,9 mlrd so‘m
Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 8,2 mlrd so‘m bo’lgan "Asakabank" AJ ga balansidagi noturar joy binosi va yog' ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan iborat mulkiy majmua 8,6 mlrd so‘mga sotildi (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11109877https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11109877).
davlat mulki ijarasi:
- soni 16 ta
- boshlang'ich narxi 369,1 mln so‘m
- sotilgan narxi 472,9 mln so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 7 mln so‘m bo‘lgan Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi balansidagi oshxona 81,7 mln so‘mga ijaraga berildi (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11188478).
yer uchastkalari:
- soni 205 ta
- boshlang'ich narxi 58,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 73 mlrd so‘m
- yer maydoni 16,6 ga
Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanidan boshlang'ich narxi 73,5 mln so‘m bo‘lgan novvoyxona tashkil etish uchun 3,9 sotix yеr uchastkasi 88,2 mln so‘mga sotildi (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11107238).
Buxoro viloyati Kogon shahridan boshlang'ich narxi 52,8 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 68,6 mln so‘mga sotildi (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11107420).
qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 80 ta
- boshlang'ich narx 444 mln so'm
- sotilgan narx 598 mln so'm
- yer maydoni 98,6 ga
sud va boshqa ijro hujjatlari bo'yicha mulklar:
- soni 20 ta
- boshlang'ich narxi 2,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 3,8 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 962 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 14,9 trln so'm bo'lgan 143 242 ta lot savdoga qo'yilgan.

