Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

21 Январь 2025

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha koʻzda tutilayotgan muhim choralar:

“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida maxsus platforma ishga tushirib, unda:

bir sutka davomida kamida oʻn ming qadam yurishni targʻib qilish;

yuqori koʻrsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan banklarda isteʼmol kreditini olishda chegirma taqdim etish;

oilaning barcha voyaga yetgan aʼzolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil berish;

aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini oʻtkazish va gʻolib boʻlgan mahallalar jamgʻarmasiga bolalar maydonchasini qurish, yashil bogʻ yaratish hamda chiqindi yigʻish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini oʻrnatishga 500 million soʻm ajratish belgilanmoqda.

 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.

Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting

16 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech