Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

14 Ноябрь 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mahalliy va xorijiy investorlarni “Quva don mahsulotlari” AJ ustav kapitalidagi 51,0 foiz hamda “Xorazm don mahsulotlari” AJ ustav kapitalidagi 92,2 foiz davlat aksiya paketini sotib olish boʻyicha birja savdolariga taklif etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori doirasida mazkur davlat aksiya paketlari quyidagi shartlar asosida 2024-yil 6-dekabrda “Toshkent RFB” AJda birja savdolariga qoʻyiladi:

  • kamida 5 yil davomida don korxonasining asosiy faoliyat turini saqlab qolish;
  • mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish.

Davlat aksiya paketlarini “Toshkent RFB” AJda birja savdolariga chiqarish maqsadida “Mulk-sarmoya brokerlik uyi” AJ investitsiya vositachisi sifatida tanlab olingan.

 “Mulk-sarmoya brokerlik uyi” AJ boʻyicha qisqa maʼlumot:

  • Manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 107-uy
  • Telefon raqami: +99871-267-35-20
  • Elektron pochta: info@ndvakt.uz
  • Veb-sayti: www.msbu.uz  

Hurmatli mahalliy va xorijiy investorlar! Birja savdolarida ishtirok etishda huquqlaringiz buzilgan taqdirda, Davaktiv agentligining quyidagi ishonch telefonlari orqali xabar berishingizni soʻraymiz: +99871-259-21-37, 1082 (qisqa raqami).

Batafsil --> Don korxonalaridagi davlat ulushi boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

16 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech