Savol: Men yashash hududimdan e-auksion.uz savdo platformasi orqali uy- joy qurish uchun 4 sotixli yerni elektron savdoda yutib oldim. Endi uni qanday tartibda rasmiylashtiraman?
Javob.
Jismoniy shaxslar tomonidan auksion savdolarda gʻolib deb topilgan ishtirkochiga e-auksion.uz savdo palatformasida foydalanuvchi menyusi orqali masofadan turgan holda mulkni rasmiylashtirish imkoni yaratilgan. Ishtirokchi tomonidan sotib olgan obyektni palatforma orqali toʻlovlarni amalga oshirish va buyurtmachi bilan oldi-sotdi shartnoma elektron imzolash va e-auksion.uz platformasidagi gʻolib menyusi orqali er uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi Davlat orderini va tegishli kadastr palatasi tomonidan yuborilgan koʻchmas mulk obyekti va er uchastkalarga boʻlgan huquqlarni ro’yxatga oʻtkazilganligi haqida davlat reestridan Koʻchirma hujjatlarni QR kodli formada tasdiqlangan holatda yuklab olish orqali yer hujjatlariga ega boʻlishi mumkin.
Auksion gʻolibi oʻzining e-auksion.uz saytida shaxsiy kabineti orqali yutib olgan yerni platformaning “Ishtirokchi menyusi”-Yutuqlar boʻlimida gʻolibga mulk qiymatini 100 foiz amalga oshirish yoki 15foiz amalga oshirish orqali qolgan summani bo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan sotib olish imkoniyati yaratilgan.
Agar gʻolib qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi (xususan uy joy uchun yer uchastkalari) asosida hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan er uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini 100 foiz amalga oshirish orqali mulkni rasmiylashtirsa gʻolibga jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi. Aksincha, 15 foiz toʻlovni amalga oshirsa, gʻolib va buyurtmachi oʻrtasida qolgan summani 5 yil davomida Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi qoʻshilgan holatda boʻlib-boʻlib toʻlash uchun buyurtmachi bilan elektron shartnoma imzolanadi.
Asos:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentyabrdagi PF-135-son Farmoni;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish”
AJ Sirdaryo viloyati vakili Biturayev Shuhrat

