Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

05 Ноябрь 2024

UZEX aksiyalariga hoziroq sarmoya kiritish uchun 5 sabab

Xalqchil IPO doirasida sizda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) aksiyalarini foydali sotib olish imkoniyati mavjud.

Nima uchun bu foydali ekanini ushbu postda bilib olasiz:

1 Dividend to'lovlari
UZEX o‘z aksiyadorlariga muntazam ravishda dividendlar to‘lab boradi. 2024-yil yakunlari bo‘yicha kompaniya foydani qo‘shimcha aksiyalar va pul to‘lovlari shaklida taqsimlashni rejalashtirmoqda. (https://t.me/xalqchilipo/117)

2 Yuqori likvidlilik
UZEX - birjadagi Premium toifasiga kiruvchi yagona kompaniya. Bu uning yuqori likvidliligi va ishonchliligini tasdiqlaydi.

3 Yaxshi narx
Xalqchil IPO doirasida aksiyalar 12 900 so‘mdan 18 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda taklif qilinmoqda; taqqoslash uchun ushbu e’lon paytida bozor narxi 14 450 so‘mni tashkil etgan. Bu aksiyalarni foydali narxda sotib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

4 Kompaniyani rivojlantirishda bevosita ishtirok etish
UZEXga sarmoya kiritib, siz Markaziy Osiyodagi eng yirik birjaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaysiz va uning muvaffaqiyatining bir qismiga aylanasiz.

5 Shaffoflik va ochiqlik
Aksiyalarni Xalqchil IPO orqali sotib olish jarayoni shaffof va hamma uchun ochiq. Arizalarni e-auksion, Goinvest va Jett platformalari orqali topshirish mumkin. (https://t.me/xalqchilipo/95)

UZEX aksiyadori bo‘lish hamda ishonchli va istiqbolli kompaniyaga sarmoya kiritishning barcha afzalliklaridan foydalanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

14 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech