2024-yil 19-noyabrdan boshlab UZEX aksiyalarining savdosi aksiyalarni kapitallashtirish o‘tkazilishi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatildi. Bu o‘zgarish aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlashga qaratilgan.
Nima bo‘ladi?
Har bir aksiyador mavjud bo‘lgan har bir aksiya uchun 4 ta qo‘shimcha aksiya oladi. Masalan, sizda 10 ta aksiya bo‘lgan bo‘lsa, kapitalizatsiyadan keyin ular 50 taga yetadi. Bunda sizning umumiy sarmoyangiz avvalgidek qoladi, chunki bitta aksiyaning qiymati mos ravishda to‘g‘rilanadi.
Masalan:
• Kapitalizatsiyadan oldin: 10 ta aksiya 15 399 so‘mdan = 153 990 so‘m.
• Kapitalizatsiyadan so‘ng: 50 ta aksiya 3 079,8 so‘mdan = 153 990 so‘m.
Shuni tushunish kerakki, sizning aksiyalar paketingizning umumiy qiymati o‘zgarmaydi, ularning soni esa ortadi.
Nima uchun narx o‘zgaradi?
Kapitalizatsiya aksiyalarning umumiy sonini ko‘paytirishni nazarda tutadi, bu esa ularning har birining narxini pasaytiradi. Qayta hisob-kitobdan so‘ng aksiyalarning qiymati 3 079,8 so‘mni tashkil etadi, bu Xalqchil IPO doirasida sotib olingan narxidan (12900 so‘m / 5 = 2 580 so‘m) 19,4% ga yuqori.
Aksiyalarning o‘sish salohiyati
KAP DEPO tahlilchilari "UZEX" aksiyalari kapitalizatsiya qilingandan so‘ng o‘rta muddatli istiqbolda bir donasi 3 663,6 so‘mga ko‘tarilishi kutmoqda, ya’ni Xalqchil IPO doirasida sotib olingan narxidan 42% yuqori bo‘lishini kutmoqdalar. Prognoz investorlarning yuqori manfaatdorligi, kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi va fond bozoridagi umumiy faollikning o‘sishiga asoslangan.
Bu aksiyadorlar uchun nimani anglatadi?
Kapitallashuv sizning sarmoyangizni kamaytirmaydi. Bu fond bozoridagi standart amaliyot bo‘lib, u aksiyalarni yangi sarmoyadorlar uchun yanada qulayroq qiladi va amaldagi aksiyadorlarga kelajakda o‘sish uchun imkoniyatlar yaratadi.
26-noyabrdan boshlab UZEX aksiyalari savdosi qayta tiklanadi.

