Yangiliklar

28 Mart 2025

2024 yilda “E-auksion” orqali umumiy qiymati 35,6 trln so‘m bo‘lgan 289 706 ta lot elektron savdolarga chiqarildi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda (https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/2900296146817243/) "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ boshqarma boshlig‘i Zohirshoh Jo‘rayev 2024 yildagi faoliyati natijalari yuzasidan ma’lumot berdi:

Boshlang‘ich narxi 12,6 trln so‘m bo‘lgan 233 470 ta lot 16,9 trln so‘mga yoki 4,3 trln so‘m qimmatroq narxga sotildi. Xususan:

2 trln 153 mlrd so‘mlik, 1 655 ta davlat aktivlari 2 trln 589 mlrd so‘mga;

2 trln 770 mlrd so‘mlik, 35 358 ta yer uchastkalari 4 trln 369 mlrd so‘mga;

203 mlrd so‘mlik, 7 759 ta davlat mulki ijarasi 306 mlrd so‘mga;

1 trln 728 mlrd so‘mlik, 7 136 ta ijro hujjatlari bo‘yicha mulklar 1 trln 920 mlrd so‘mga;

13 mlrd so‘mlik, 215 ta yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish 240 mlrd so‘mga va daryo o‘zanlarini tozalash huquqi 10 mlrd so‘mga;

2,9 mlrd so‘mlik, 7 898 ta ko‘chma savdo joylari 15 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Bundan tashqari, 2024 yil davomida yangi tartibga asosan boshlang‘ich narxi 2 trln 867 mlrd so‘m bo‘lgan 162 491ta qishloq xo‘jaligi yer maydonlari elektron auksion usuli orqali 3 trln 736 mlrd so‘mga ijaraga berildi.

2024 yil davomida “E-auksion” elektron savdo platformasiga 6,1 mln nafar foydalanuvchi tashrif buyurdi hamda o‘tkazilgan elektron auksion va tanlov savdolarida 408 655 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qatnashdi.

 Batafsil

104 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech