Joriy yilning 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan barça hududiy boşqarmalar iştirokida tadbir taşkil etildi. Tadbirda Agentlikning Sirdaryo viloyati hududiy boşqarmasi xodimlari ham faol qatnaşdi.
Tadbir Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kunning 35 yilligini keng nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi bayoniga muvofiq ötkazildi.
Tadbirga Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimi mehmon sifatida taklif etildi. U Davlat bayroğiga oid qonun va qarorlar haqida sözlab berdi. Şuningdek, bayroq tasdiqlanişi arafasida va jarayonida keçgan tarixiy voqealar hamda bayroq muallifi haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Mehmon Davlat ramzlaridan foydalaniş tartibi va ularga hurmat bilan munosabatda böliş har bir fuqaroning burçi ekanini ham alohida ta’kidladi.
Tadbir söngida iştirokçilar örtasida Davlat bayroği va davlat ramzlariga oid onlayn test ötkazildi. Testda yuqori natija körsatgan faol iştirokçilar taqdirlandi.
Tadbir xodimlar örtasida vatanparvarlik, milliy ğurur va iftixor tuyğusini mustahkamlaş, davlat ramzlariga ehtirom ruhini yanada oşirişga xizmat qildi.

