Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boşqarmasida boşqarma xodimlari iştirokida “Intellektual tanlovlar va grant loyihalari orqali yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş böyiça tahliliy körsatkiçlar” mavzusida tadbir bölib ötdi.
Tadbirda xodimlar yoşlar orasida intellektual salohiyatni rivojlantiriş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş hamda iqtidorli yoşlarni grant loyihalari orqali qöllab-quvvatlaş borasida viloyatda amalga oşirilayotgan işlar bilan taniştirildi. Taʼkidlanişiça, viloyatda jami 720 ta tadbir ötkazilib, ularga 18 300 nafar yoş qamrab olingan.
Xodimlarga viloyatda ötkazilgan asosiy intellektual tanlovlar — “Zakovat” va “Munozara” intellektual öyinlari, “Yoş kitobxon” hamda “Yoş kitobxon oila” körik-tanlovlari haqida maʼlumot berildi. Taʼkidlanganidek, bunday tanlovlar yoşlarning bilim va dunyoqaraşini kengaytiriş, mantiqiy va tanqidiy fikrlaşini rivojlantiriş, nutq va muloqot könikmalarini şakllantiriş hamda jamoada işlaş qobiliyatini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Şuningdek, ular söğlom raqobat muhitini yaratib, iqtidorli yoşlarni aniqlaş va böş vaqtni mazmunli taşkil etiş imkonini beradi.
Bundan taşqari, xodimlar viloyatda yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida işlab çiqilgan grant loyihalari yuzasidan umumiy maʼlumotlar bilan taniştirildi. Jumladan, 4 ta taşkilot tomonidan umumiy qiymati 3 mlrd 580 mln söm bölgan 13 ta grant loyihasi işlab çiqilgani, ulardan 12 tasi xalqaro, 1 tasi mahalliy grant loyihasi ekani qayd etildi.

