Yangiliklar

26 Avgust 2025

Boyovut, Oqoltin, Xovos, Sardoba , Sirdaryo tumanlari hamda Yangiyer shahrida "Roadshow" targ'ibot tadbirlari o'tqazildi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish hamda xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash yuzasidan keskin islohotlar amalga oshirilib, bu boradagi ishlar yanada jadallashtirilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, 115 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari, 659 ta koʻchmas mulk obyektlari hamda 6100 gektar yer uchastkalari ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.

Oʻz oʻrnida, hududlarda mazkur Farmon mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va keng jamoatchilikka tushuntirish, uning targʻibot ishlarini jadallashtirish maqsadida, joriy yilning 21-25 avgust kunlari Davlat aktivlari agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyatining  Boyovut, Oqoltin, Xovos, Sardoba , Sirdaryo tumanlari hamda Yangiyer shahrida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʻgʻrisida navbatdagi “Roadshow” taqdimotlari oʻtkazildi.

 “Roadshow” taqdimotlaridan fotolavhalar:

135 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech