2026-yil 26-iyun kuni soat 16:00da Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi binosida boshqarma rahbarining viloyat yoshlari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda boshqarma rahbari va tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida narkomaniya va uning oqibatlari mavzusida maxsus tayyorlangan videolavhalar namoyish etildi. Boshqarma rahbari yoshlarga narkotik moddalarning inson salomatligiga, oila va jamiyatga ko'rsatadigan salbiy ta'siri haqida batafsil tushuntirishlar berdi. Uchrashuv davomida "Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz" mavzusida keng muhokama olib borildi.

