Yangiliklar

23 Avgust 2025

Davlat mulki obektlarini xususiylashtirish natijasida yaratilgan imkoniyatlar! #Press_tur

Bugun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi.

Dastlab press-tur qatnashchilari "E-auksion" savdo platformasida savdolari davom etayotgan Guliston tumani Ishonch MFY da joylashgan "Otxona binosi" obyektiga tashrif buyurishdi. Ushbu obyektning yer maydoni, bino inshootlari, narxlari va savdo kuni haqida qatnashuvchilarga barcha ma'lumotlar taqdim etildi.

So‘ngra Mirzaobod tumani M.Ulug'bek MFY da joylashgan 2024-yil 26-sentabr kuni fuqaro Axrakulov Soxibjon Solijonovich tomonidan "E-auksion " platforma orqali sotib olib xususiylashtirgan hamda bugungi kunda aholiga suyultirilgan gaz tarqatish shaxobchasi sifatida faoliyat yurityotgan obyekt bilan tanishildi. Tadbir davomida jurnalistlarga mazkur obyektga yo'naltirilgan investitsiya va yaratilgan ish o'rinlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.

 Bizning sahifalarimiz:
 Telegram  |  Website  |  Instagram 

162 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech