Yangiliklar

07 Iyun 2024

Davaktiv agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Sardoba tumaniga hokim etib tayinlandi

 

Bugungi kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Karimov Ziyadulla Danabayevich Sardoba tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ziyadulla Karimov 1979-yilda Sayxunobod tumanida tugʻilgan. 2001-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini, 2007-yilda Toshkent moliya institutini hamda 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi  jamoasi Ziyadulla Danabayevichni yangi lavozim bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad va tuman ravnaqi yoʻlida oʻz hissalarini qoʻshishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

120 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech