Yangiliklar

16 Mart 2026

16-MART KUNI SOAT 16:00 DA DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI SIRDARYO VILOYAT HUDUDIY BOSHQARMASI MAS’UL XODIMLAR ISHTIROKIDA KELGUSI CHORAKDAGI USTUVOR VAZIFALAR: REJALAR, MAQSADLAR VA ASOSIY YO‘NALISHLAR MAVZUSIDA BRIFING O‘TDI.

Ma’lumki, mamlakatimizda davlat aktivlarini samarali boshqarish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada sohadagi ustuvor vazifalarni belgilash, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 16-mart kuni soat 16:00 da boshqarmaning mas’ul xodimlari ishtirokida “Kelgusi chorakdagi ustuvor vazifalar: rejalar, maqsadlar va asosiy yo‘nalishlar” mavzusida brifing o‘tkazildi.

Brifing davomida kelgusi chorakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy vazifalar, davlat aktivlarini samarali boshqarish, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda sohadagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida qatnashuvchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

6 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech