Yangiliklar

08 Aprel 2026

Amalga oshirilayotgan islohotlar: natija va muammo

2026-yil 8-aprel kuni soat 11:00 da hududiy boshqarma mas’ul xodimlari ishtirokida “Amalga oshirilayotgan islohotlar: natija va muammo” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda so‘nggi yillarda davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda investitsion jozibadorlikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari muhokama qilindi. Xususan, davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, aktivlardan samarali foydalanish hamda ularni ochiq va shaffof boshqarish bo‘yicha erishilgan yutuqlar alohida qayd etildi.

Shu bilan birga, mavjud muammolar, jumladan ayrim korxonalarda samaradorlikning pastligi, investitsiyalarni jalb etishdagi to‘siqlar hamda boshqaruv tizimidagi kamchiliklar ham tahlil qilindi.

Brifing yakunida mas’ullar tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

9 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech