2026-yil 27-oktabr kuni Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boşqarmasida “Tadbirkor böliş istagida bölgan yoşlarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratiş yuzasidan muloqot va murojaatlar” mavzusida oçiq muloqot bölib ötdi.
Tadbir hududiy boşqarma rahbariyati tomonidan boşqarma xodimlari hamda tadbirkorlikka qiziquvçi faol yoşlar iştirokida ötkazildi.
Uçraşuvda yoşlarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratiş tartibi, ularni olişda talab etiladigan hujjatlar hamda yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, yoşlarning biznes ğoyalarini amalga oşirişga kömaklaşiş, ularni tadbirkorlik asoslariga öqitiş va moliyaviy savodxonligini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Oçiq muloqot davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarni berib, taklif va murojaatlarini bildirdi. Tadbir yakunida yoşlarning murojaatlarini örganib çiqiş, ularning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda imtiyozli moliyaviy resurslardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş yuzasidan tegişli vazifalar belgilab olindi.

