Jurnalistlar va jamoatchilik vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi
Matbuot anjumanida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi rahbariyati va xodimlari, hududda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Matbuot anjumani avvalida Agentlikning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari - Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi hududiy boshqarma boshlig'i Oxunjon Esanboyev 2025-yil I yarmida amalga oshirilgan ishlar haqida keng jamoatchilikka maʼlum qildi.
Shundan so‘ng, ishtirokchilar savollariga masʼullar tomonidan javoblar berildi. Davlat mulkini ijaraga olishdagi turli masalalar, sohaga oid mavjud muammolar yuzasidan jurnalist va blogerlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.