Yangiliklar

30 Mart 2025

Ramazon hayiti muborak bo’lsin.

Aziz yurtdoshlar!

 

Davaktiv agentligi jamoasi Sizlarni, yurtimizdagi jamiki moʻmin-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bilan samimiy muborakbod etadi.

 

Muqaddas dinimiz buyurgan xayrli amallar – ahillik va hamjihatlik, mehr-saxovat, sabru qanoat, axloq-odob, ilmu ma’rifat fazilatlari jamiyatimizda tobora mustahkam bo‘lib bormoqda. Xususan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev boshchiliklarida 25-mart kuni mamlakatimizning barcha hududlarida jami 60 mingga yaqin nuroniylar, ziyolilar, turli din va konfessiyalar vakillari, nogironligi bor va ehtiyojmand kishilar uchun ehson dasturxonlari yozilib, iftorlik marosimi o‘tkazildi.

 

Shunday saodatli va munavvar damlarda barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilab qolamiz!

84 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech