Yangiliklar

06 Oktyabr 2026

Viloyatda yoshlar yetakchilari faoliyati va «Yoshlar daftari» bilan ishlash tizimi natijalari muhokama qilindi

2026-yil 5-oktabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasida “Viloyatda yoshlar yetakchilari faoliyati va «Yoshlar daftari» bilan ishlash tizimi natijalari yuzasidan muloqot va murojaatlar” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Tadbirda hududiy boshqarma rahbariyati, xodimlar, yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Muloqotni hududiy boshqarma boshlig’i A.Babadjanov olib bordi.
Uchrashuvda yoshlar yetakchilarining joylardagi faoliyati, yoshlarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar va «Yoshlar daftari» tizimi orqali yoshlar muammolarini aniqlash va hal etish natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bilim va ko’nikmalarini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rag’batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarni berib, taklif va murojaatlarini bildirdi. Tadbir yakunida yoshlar bilan muntazam muloqotni davom ettirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash hamda «Yoshlar daftari» tizimi samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech