Yangiliklar

09 Aprel 2026

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi

Amir Temur — o‘zbek davlatchiligi tarixida beqiyos o‘rin tutgan buyuk sarkarda va davlat arbobidir. Uning tavalludining 690 yilligi xalqimiz uchun ulug‘ tarixiy merosni yana bir bor yodga olish, buyuk ajdodimiz qoldirgan boy ilmiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni chuqur o‘rganish imkonini beradi.

Amir Temur markazlashgan qudratli davlat barpo etib, qisqa vaqt ichida keng hududlarni birlashtira oldi. Uning “Kuch – adolatda” degan tamoyili davlat boshqaruvida asosiy mezon bo‘lib xizmat qilgan. Sohibqiron nafaqat mohir sarkarda, balki ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik homiysi sifatida ham tarixda muhim iz qoldirgan.

8 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech