Joriy yil 19-martda bo‘lib o‘tgan "O‘zRTXB" AJ (keyingi o’rinlarda - UZEX) aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida dividendlarni to‘lash uchun 143,2 mlrd so‘m ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Aksiyadorlar har bir aksiya uchun 382 so‘mdan olishadi. Misol uchun, 5000 ta aksiyaga ega aksiyador 1,91 mln so‘m oladi.
Eslatib o‘tamiz: 2024-yilning noyabr oyida UZEXning taqsimlanmagan foydasining bir qismini kapitallashtirish hisobiga, investorlar har bir aksiyasiga qoʻshimcha ravishda hech qanday toʻlovlar amalga oshirmagan holda 4 donadan aksiyaga ega boʻlgan. Ya’ni, agar investor “Xalqchil IPO” dasturi doirasida 1000 ta aksiya sotib olgan bo‘lsa, uning aksiyalarining soni 5000 ta bo‘lgan.
O‘z dividendlaringizni quyidagi tartib bo‘yicha olishingiz mumkin:
1️. Dividendlarni olish uchun ariza namunasini quyidagi havola orqali yuklab oling (ARIZANI YUKLAB OLISH);
2️. Arizani to‘ldiring;
3️. To‘ldirilgan arizani info@rtsb.uz elektron manziliga yuboring.
4️. Siz ko‘rsatgan hisob raqamiga (plastik kartaga) pul tushishini kuting. Dividendlar aksiyadorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan kundan boshlab 60 kun ichida to‘lanadi.
Dividendlar olish bo‘yicha qo‘shimcha savollar bo‘yicha quyidagi aloqa kanallariga murojaat qilishingiz mumkin: (+99871) 207-00-33 (ichki raqam 1045).
___

