Yangiliklar

05 Sentyabr 2026

“YANGIYER TEMIR-BETON KONSTRUKSIYALARI ZAVODI” masʼuliyati cheklangan jamiyati DIREKTORI LAVOZIMIGA TANLOV!

Vakansiya nomi: Direktor.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, A.Jomiy MFY, Paxtakor 4-uy.

Oylik maoshi: Jamiyat shtatlar jadvaliga muvofiq.

Ish bandligi: Toʻliq bandlik.

Kimlar hujjat topshirishi mumkin: Ushbu eʼlon talablariga javob beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqorolari va chet el fuqarolari.

Talablar:

- oliy maʼlumotli boʻlishi;

- kamida 2-yil ish stajiga ega bo‘lishi

- korporativ boshqaruv tamoyillarini bilishi;

- qonunchilik, biznesni boshqaruv tizimidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va halqaro talablarni bilishi

- Jamiyatning joriy faoliyatini o‘z vakolatlatlari doirasida boshqarish, uning samarali va barqaror ishlashini ta’minlash, jamiyatning barcha tarkibiy bo‘linmalari va uning xodimlarining ishini o‘zaro hamkorligini tashkil etish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan, ammo jamiyatning biznes-reja parametrlaridan past bo‘lmagan miqdorda foyda olishni ta’minlash, jamiyatning biznes-rejalari va rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishni boshqarish, ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilishni bilishi hamda sudlanmagan bo‘lishi shart.

Shaxsiy sifatlari:

- direktor barcha jabhalarida yetakchilikni oʻzlashtirish qobiliyati;

- yuqori darajadagi strategik fikrlash;

- yetakchilik fazilatlari va tajribasining mavjudligi;

- ijobiy motivatsiya va ishontirish orqali oʻzgarishlarni amalga oshirish tajribasi;

- javobgarlik, tanqidiy fikrlash, tahlil qilish qobiliyati, stressga chidamlilik.

Taqdim qilinishi kerak boʻlgan xujjatlar:

         - Ishtirokchining shaxsiy varaqasi(obyektivka);

- Maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va hujjat nusxalari;

- Fuqarolik pasportidan nusxa;

- Aloqa uchun malumot;

- Mehnat daftarchasidan nusxa;

- Fotosurat 3x4-4 dona

Agar mavjud boʻlsa, Ilmiy unvonlari, darajalarini tasdiqlovchi hujjat, chop etgan maqolalari, boshqa mutaxassislikka ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar, malaka oshirganligi toʻgʻrisida hujjatlar, davlat mukofotlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlari;

Yuqoridagi talablarga muvofiq tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

Talabgorlarni baholash tartibi: Talabgor tomonidan topshirilgan barcha hujjatlar ushbu lavozim talablariga mosligi oʻrganib chiqiladi.

Oʻrganish yakunlanganidan soʻng, 2 ish kuni ichida mazkur lavozim uchun nomzodlar roʻyxati shakillantirilib, agar 2 nafardan ortiq nomzolar boʻlgan taqdirda ularlar bilan suhbat oʻtkaziladi.

Hujjatlarni topshirish tartibi:

Taqdim etish shakli: Talabgorlar tomonidan eʼlonda belgilangan talablar doirasida oʻzi haqidagi barcha hujjat va maʼlumotlarni yopiq (maxsus) konvertlarda taqdim etiladi.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shaxar, 3-mavze, Oʻzbekiston shox koʻchasi, 3-uy manzili boʻyicha yuborilishi lozim.

Aloqa uchun:  97 224 20 14

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 20-sentyabr, soat 18:00 ga qadar.

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech