Yangiliklar

17 May 2024

“YO'LREFTRANS” AJni ustav kapitalidagi 51,0 foiz davlat ulushining xususiylashtirish jarayonlari “Toshkent” Respublika fond birjasida boshlandi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “YO'LREFTRANS” AJ (keyingi o‘rinlarda – “Emitent”) ustav kapitalidagi 51,0 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya paketi”) xususiylashtirish belgilangan.

Dastlabki savdo jarayonlari Winvestment Consult konsalting kompaniyasi maslahatchiligida olib borilgan bo‘lib, savdo jarayonlarida ishtirok etgan talabgorlarning takliflari konsultant tomonidan Aksiya paketining narx kutilmasidan past bo‘lganligi uchun, savdo mexanizmini o‘zgartirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan.

Shunga ko‘ra, xususiylashtirish jarayonlari Toshkent” Respublika fond birjasining MQQMP Nego savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda – “Savdo platformasi”)da sotuvchining investitsiya vositachisi orqali amalga oshiriladi.

Aktiv to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

“YO’LREFTRANS” AJ - yuklarni tashish bo‘yicha mahalliy va xalqaro shaharlararo logistika xizmati, izotermik vagonlarni ijaraga berish ishlarini tashkil qiluvchi kompaniya hisoblanadi.

Korxonaning yuridik manzili: - Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Guliston ko‘chasi, 351-uy.

Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi51,0 foiz;

Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni11 162 528 dona (oddiy) aksiya;

Bir dona aksiyaning nominal qiymati1 000 (bir ming) so‘m;

Bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi8 880,34 (sakkiz ming sakkiz yuz sakson) so‘m 34 tiyin;

Aktivning boshlang‘ich narxi – 99 126 992 000,0 (to‘qson to‘qqiz milliard, bir yuz yigirma olti million, to‘qqiz yuz to‘qson ikki ming) so‘m;

Emitentning ustav fondi miqdori - 21 887 309 000,0 (yigirma bir milliard, sakkiz yuz sakson yetti million uch yuz to‘qqiz ming) so‘m;

Savdo tashkilotchisi“Toshkent RFB” AJ;

Lotlar soni1 (bir) ta;

Emitent xaqidagi barcha ma’lumotlar, jumladan moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan emitentning rasmiy veb sahifasi www.yolreftrans.uz hamda korporativ axborot yagona portali www.openinfo.uz sahifasi orqali tanishish mumkin.

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Aksiya paketi bo‘yicha dastlabki birja savdolari 2024 yilning 17 iyunidan boshlanadi.

Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu savdo jarayonlariga barcha talabgorlarni ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga (67-226-53-05, 67-226-53-25, 94-353-05-23) murojaat qilishingiz mumkin.

Diskleymer

Talabgorlar davlat aksiyalarining sotuvchisi yoki sotuvchining investitsiya vositachisi hamda emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun o‘zi qaror qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni so‘rash va olishga haqlidir, o‘zining xususiyatiga ko‘ra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.

137 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech