Yangiliklar

19 Iyun 2026

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag'ishlangan ma'rifat soati o'tkazildi

2026 yil 19 iyun kuni Guliston shahrida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusiga bag'ishlangan ma'rifat soati o'tkazildi. Tadbirga boshqarma boshlig'i A.Babadjanov raislik qildi. Boshqarma bosh yurisконsulti B.Donaboev "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi O'RQ-419-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan keng qamrovli ma'ruza qildi. Ma'ruzachi korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari, uning maishiy, ishbilarmonlik va yuqori hokimiyat vakillari korrupsiyasi kabi turlari haqida to'xtalib o'tdi. Shuningdek, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari — davlat sektoridagi past ish haqi, bozor iqtisodiyotining to'g'ri boshqarilmasligi, iqtisodiy barqarorsizlik kabi omillar alohida tahlil qilindi. Ma'ruzada korrupsiyaning davlat byudjeti, tadbirkorlik muhiti, investitsiya jozibadorligi va jamiyat axloq-odobiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari misollar asosida ko'rsatib berildi. Unga qarshi kurashning ichki va tashqi nazorat kabi samarali usullari batafsil bayon etildi. Tadbir so'ngida ishtirokchilarning savollariga javob berildi va korrupsiyaga yo'l qo'ymaslik borasida amaliy tavsiyalar bilan davra suhbati yakunlandi.

20 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech