Yangiliklar

17 Iyul 2025

“Bloomberg” nashrida “Mobiuz”ni xususiylashtirish bo’yicha chop etilgan maqolaning asosiy tezislari:

Oʻzbekiston mobil operatorni sotish orqali 300 mln AQSh dollari jalb qilishni rejalashtirmoqda.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan tasdiqlangan joriy yilga moʻljallangan keng qamrovli xususiylashtirish dasturi boshlangan. Dasturda telekommunikatsiyadan tortib energetika sohasigacha boʻlgan 29 ta yirik kompaniyadagi ulushlarni sotishni rejalashtirmoqda. Bu jarayon davlat ishtirokini kamaytirish va chet el sarmoyalarini jalb etishni maqsad qiladi.

 Mobiuz boʻyicha savdo jarayoni joriy yil iyun oyida eʼlon qilingan va qiziqish bildirish boʻyicha arizalarni (EoI) yuborish uchun soʻnggi muddat 2025-yil 1-avgust. Ushbu bitim boʻyicha Rothschild & Co. strategik va moliyaviy maslahatchi sifatida jalb etilgan.

 Mobiuz mamlakatda toʻrtinchi yirik mobil operatori hisoblanadi hamda uning qiymati davlat tomonidan uni boshqa mahalliy operatorlar bilan birlashtirish qoʻllab-quvvatlanishi sababli yuqori boʻlishi mumkin. Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon va Yevropadan boʻlgan investorlar tomonidan dastlabki qiziqish bildirilganligi aytilmoqda.
 
Oʻtgan yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston mobil bozorda 35,6 mln abonent boʻlgan, shundan Mobiuz bozorning 20,9% ulushiga ega, deya maʼlum qilgan BMI (Fitch Solutions boʻlimi).
 
Mobiuz 2024-yilda 164 million AQSh dollari miqdorida sof daromad (net revenue) va 41 million AQSh dollari EBITDA koʻrsatkichini qayd etdi.

 Batafsil Bloomberg saytida (https://www.bloomberg.com/news/articles/2025-07-16/uzbekistan-seeks-to-raise-300-million-in-mobile-operator-sale)

5 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech