Yangiliklar

03 Iyun 2025

TASHQI RЕKLAMA OBYEKTLARINI QURISH HUQUQI OCHIQ AUKSION SHAKLIDA SOTUVGA CHIQARILADI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 31 avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida:

Tadbirkorlar uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) onlayn tarzda avtomatlashtirilgan tizimda auksionlarga chiqarilmoqda. Bu ortiqcha ovoragarchiliklarsiz inson omili aralashmagan holatda savdolar o‘tkazilishi imkonini beradi.

 Shuningdek, ushbu jarayonning qulayliklaridan yana biri tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun reklama joyining pasporti hamda ularni o‘rnatish uchun shartnomalar ommaviy oferta shaklida
«E-auksion» elektron savdo platformasining yagona elektron savdo maydonchasida auksion g‘olibiga avtomatik tarzda beriladi.

Madumot uchun ushbu yo‘nalishda Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK muhim texnik va tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda.

 

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish”

AJ Sirdaryo viloyati hududiy vakili                                    Obid ERMAKOV

147 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech